Foto: Toshkent shahri IIBB
«Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan va 2023 yil dekabr oyida o‘tkazilgan reyd chog‘ida hibsga olingan Lutfulla Umarovga nisbatan hukm o‘qildi.
Sud hukmi hujjatiga ko‘ra, sudlanuvchi 2023 yil may oyi oxirida Toshkent shahridagi jarlik hududidan 12 dona ko‘knori o‘simligi boshoqlarini topib, shamollashga qarshi dori deb do‘stiga saqlash uchun bergan.
7 dekabr kuni huquq-tartibot idoralari xodimlari tanishining xonadonini ko‘zdan kechirish chog‘ida umumiy massasi 9,64 gramm bo‘lgan, tarkibida opiy guruhiga mansub bo‘lgan alkoloidlar (kodein, tebain) bo‘lgan ko‘knori boshoqlari aniqlangan.
Lutfulla Umarov Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ko‘p bo‘lmagan miqdorda qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish, shuningdek ularni ko‘p bo‘lmagan miqdorda qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan aybdor deb topilib, 6 yil-u 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Bundan oldin «Salimboy» nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev sud hukmiga ko‘ra 6 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi. U noqonuniy tarzda qurol saqlashda ayblangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”