Samarqand shahrida Germaniya universitetlaridan birining filiali ochiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida faollar ishtirokida yig‘ilish vaqtida aytib o‘tgan.
Davlat rahbari Germaniyaning yetakchi universitetlari bilan hamkorlik o‘rnatib, Samarqandda «raqamli iqtisodiyot» uchun kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish zarurligi haqida gapirgan.
Kun.uz nashri xabar berishicha, prezident O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Majidovga shu masala bo‘yicha ko‘rsatma bergan.
«Germaniyaga borgunimizgacha, Samarqandda qaysi universitet filialini ochish masalasini hal qilib kel. Keyingi yildan qabul boshlanishi kerak. Samarqandliklar va qo‘shni viloyatliklar shu yerga kelib o‘qiydi», degan prezident.
Bundan tashqari, Samarqand shahrida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti filiali ham ochiladi va u yerda raqamli iqtisodiyot bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 7 yanvardagi qarori bilan Toshkentda Hindistonning Amiti universiteti filiali tashkil etilishi ma’lum qilingandi. Ushbu universitetni tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuv 2018 yil kuzida, prezidentning Hindistonga tashrifi davomida imzolangan edi.
8 yanvar kuni joriy yilgi investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev xorijning yetakchi universitetlari filiallarini ochish ham o‘ziga xos investitsiya ekanini aytib o‘tgandi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston prezidenti joriy yilning 20-22 yanvar kunlari Germaniya Federativ Respublikasiga tashrif buyuradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi