Dunyoda gender tengligiga erisha olgan faqatgina oltita davlat bor, deyiladi Jahon bankining «Ayollar, biznes va qonun - 2019» tadqiqotida. Bu Belgiya, Daniya, Fransiya, Latviya, Lyuksemburg va Shvetsiya.
Avstriya, Kanada, Estoniya, Finlyandiya, Gretsiya, Irlandiya, Portugaliya, Ispaniya hamda Buyuk Britaniya deyarli 100 ball to‘plagan (barchasida 97,5dan). Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Sudan, Eron va Qatarda eng yomon ko‘rsatkichlar - 32 dan kam.
O‘zbekiston 70,6 ball to‘pladi. Gvatemala va Kongoda ham taxminan shuncha. Tadqiqotda nomi keltirilgan sobiq SSSR davlatlari orasida O‘zbekiston so‘nggi o‘rinda, ushbu ko‘rsatgich bo‘yicha - Litva 93,7 ball, Tojikiston - 81,8 ball, Gruziya - 79,3 ball, Ukraina, Ozarboyjon va Belarus - 78,7 ball, Qirg‘iziston - 76,8 ball, Qozog‘iston va Armaniston - 75,6 ball, Rossiya - 73,1 ballga ega.
187 mamlakat ro‘yxatga kiritilgan. Ekspertlar ularning qonunchilik bazasini baholashdi, mezonlar sifatida so‘nggi 10 yil ichida kiritilgan, ayollar huquqlariga u yoki bu tarzda ta’sir qilgan o‘zgarishlardan foydalanildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi