13:14 / 11.03.2019
6 030

Haydovchilik guvohnomasini almashtirishda qator hujjatlarni talab qilish taʼqiqlandi

Haydovchilik guvohnomasini almashtirishda qator hujjatlarni talab qilish taʼqiqlandi
Hukumat qarori (202-son, 09.03.2019 y.) bilan milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi qonunchilikka qoʻshimcha kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram kanali xabar bermoqda.

Nizomga kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq, guvohnomalarni almashtirishda quyidagilarni talab qilish taʼqiqlandi:
- haydovchining imtihon varaqasi;
- milliy guvohnomani bergan YHXB tasdiqnomasi;
- tibbiy maʼlumotnoma;
- transport vositasini 12 oy boshqarganligini tasdiqlovchi hujjat.

Yaʼni, 2020 yil 31 dekabrgacha milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi guvohnomalarga almashtirish uchun pasport va eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi hamda uning talonigina taqdim etiladi.

Davlat taʼlim muassasalari va avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxslarning oʻquv guruhlarini roʻyxatga olish, shuningdek imtihonlarni oʻtkazish va milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga koʻra, barcha avtomototransport vositalari oʻz turi, vazifasi va boshqarish xususiyatlariga koʻra “A”, “V”, “S”, “D”, “VЕ”, “SЕ” va “DE” toifalarga hamda tramvay va trolleybuslarga boʻlinadi. Ularni boshqarish uchun berilgan haydovchilik guvohnomasining tegishli pozitsiyasida shu toifali transport vositasini boshqarish uchun ruxsat berilgan sana va muddati koʻrsatiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Haydovchilik guvohnomasini almashtirishda qator hujjatlarni talab qilish taʼqiqlandi