21:34 / 25.03.2019
3 298

Ziyorat turizmi: Hindistonning imom va islom ulamolari delegatsiyasi Oʻzbekistonga tashrif buyurdi

Ziyorat turizmi: Hindistonning imom va islom ulamolari delegatsiyasi Oʻzbekistonga tashrif buyurdi
Hindistonning turli shtatlaridan boʻlgan imom va islom ulamolari guruhi qator turoperatorlar bilan birga Oʻzbekistonning ziyorat turizmiga oid salohiyati bilan tanishish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Kun.uz nashri Hindistondagi Oʻzbekiston elchixonasi vakillaridan olingan maʼlumotlarga asoslanib, shu haqida xabar berdi.

Hindiston delegatsiyasi 23 martdan 28 martga qadar Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida boʻlib, hindistonlik salohiyatli ziyoratchilar uchun maxsus dasturlarni ishlab chiqishmoqda. Safardan qaytgach, guruh aʼzolari Hindistonda Oʻzbekistonning ziyorat turizmiga doir salohiyatini targʻib qilish boʻyicha keng axborot ishini olib borishni rejalashtirgan.

Delegatsiyaning Oʻzbekistonga tashrifi Hindistondagi Oʻzbekiston elchixonasi hamda hamda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan tashkil etilgan.

Holiday Merchants kompaniyasi direktori Vikas Xanduri Oʻzbekiston haqida shunday deydi:

“Ulkan turistik salohiyat va boy tarixiy-madaniy merosga ega Oʻzbekiston jahon sayyohlik bozorida yetakchi oʻrinni egallash uchun barcha imkoniyatlarga ega. 21-23 fevral kuni Buxoroda boʻlib oʻtgan Birinchi xalqaro ziyorat turizmi forumida Oʻzbekiston ziyorat turizmi markazlaridan biriga aylanishi mumkinligiga ishonch hosil qildim. Shu bois Hindistonning turli shtatlari uchun Oʻzbekistonga ziyorat turlarni amalga oshirishga doir turistik dasturlarni oʻz ichiga olgan yangi paketlarni ishlab chiqishga qaror qildik”, - deydi u.

Vikas Xandurining taʼkidlashicha, Hindistonda Oʻzbekistonning muqaddas obidalarini ziyorat qilishni istovchilar koʻp, xususan, Imom Al-Buxoriy, Bahouddin Naqshbandiy, Imom At-Termiziy kabi memorial komplekslari hindistonliklarda katta qiziqish uygʻotmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ziyorat turizmi: Hindistonning imom va islom ulamolari delegatsiyasi Oʻzbekistonga tashrif buyurdi