14:47 / 23.05.2019
3 435

«O‘zgidromet»: O‘zbekistonda havoning o‘rtacha harorati global ko‘rsatkichlardan ko‘ra yuqoriroq ko‘tarilmoqda

«O‘zgidromet»: O‘zbekistonda havoning o‘rtacha harorati global ko‘rsatkichlardan ko‘ra yuqoriroq ko‘tarilmoqda
Foto: «Daryo»
Gidrometeorologiya xizmati markazi («O‘zgidromet») bosh direktori birinchi o‘rinbosari Bahriddin Nishonovning aytishicha, O‘zbekistonda havoning o‘rtacha harorati tez ko‘tarilib bormoqda. U bu haqda 22 may kuni Milliy matbuot markazida «Yashil iqlim jamg‘armasi bilan hamkorlikni rivojlantirish» mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumani aytib o‘tdi.

«Dunyo bo‘yicha havoning o‘rtacha harorati sanoat rivojlanishidan avvalgi davrga nisbatan Selsiy bo‘yicha +1 darajaga, O‘zbekistonda esa +1,6 darajaga oshgani kuzatilmoqda. Bu O‘zbekistonda havo harorati oshishi tez kechayotganini ko‘rsatadi. Haroratning oshishi qurg‘oqchilikka, yozda issiq havoni saqlanib turishiga, qishning qisqa bo‘lishiga olib keladi», — dedi Bahriddin Nishonov «Daryo» muxbiriga bergan intervyusida.

Uning qo‘shimcha qilishicha, o‘rtacha haroratning tez oshishi tufayli kelajakda O‘rta Osiyoda, xususan, O‘zbekistonda suv resurslari taqchilligi kuzatilishi mumkin va bu, o‘z navbatida, qishloq xo‘jaligiga ta’sir qiladi.

Qayd etishlaricha, Markaziy Osiyo iqlim o‘zgaruvchanligini kuchayishi hamda uzoq muddatli global iqlim o‘zgarishi natijasida sodir bo‘layotgan ta’sirlarga eng ko‘p uchraydigan mintaqalardan biridir.

XX asrning o‘rtalaridan O‘zbekistonda iqlimning isishi tendensiyasi kuzatib kelinmoqda va har 10 yilda yillik o‘rtacha harorat Selsiy bo‘yicha +0,29 darajaga oshib bormoqda.

So‘nggi o‘n yillik davomida iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq salbiy hodisalar ko‘paymoqda, bu esa suv resurslari tanqisligining kuchayishiga va qurg‘oqchilik holatlarining ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » «O‘zgidromet»: O‘zbekistonda havoning o‘rtacha harorati global ko‘rsatkichlardan ko‘ra yuqoriroq ko‘tarilmoqda