Oʻzbekistondagi eng katta harbiy poligon foydalanishga topshirildi

  • 07 noyabr 2019, 19:10
  • 1 042
  • O‘zbekiston
  • Oʻzbekistondagi eng katta harbiy poligon foydalanishga topshirildi
    Oʻzbekiston Respublikasidagi eng katta poligon – Markaziy harbiy okrugga qarashli “Kattaqoʻrgʻon” dala-oʻquv maydoni foydalanishga topshirildi.

    Ushbu dala-oʻquv maydonining ochilish marosimida mudofaa vaziri, general-mayor Bahodir Qurbonov, Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshligʻi, general-mayor Pavel Ergashev, Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni, polkovnik Oybek Saidov, “Oʻzbekiston Qahramoni”, Nuroniy jamgʻarmasi Samarqand viloyati boʻlimi raisi Hasan Normurodov, faxriylar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, tumandagi maktab oʻquvchi yoshlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

    Dala-oʻquv maydoni chinakam maʼnoda askar akademiyasidir. Chunki poligonda harbiy xizmatchi nazariy bilimlarini amaliy sinovdan oʻtkazadi. Shu bois, vatan himoyachilarining ham maʼnan, ham ruhan, ham jismonan tayyorgarligi oshishida, jangovar shayligining rivoj topishida poligonlarning oʻrni muhimdir.

    Marosimda soʻz olgan mudofaa vaziri dala-oʻquv maydoni qurilishida jonbozlik koʻrsatgan harbiy xizmatchilarga oʻz minnatdorchiligini bildirdi. Bu kabi poligonlar yurtimiz himoyasi uchun bel bogʻlagan asl oʻgʻlonlar uchun malaka va tajriba orttirish maydoni boʻlishini taʼkidladi.









    Poligon qurilishida oʻz vatanparvarligini koʻrsatgan bir guruh harbiy xizmatchilar mudofaa vaziri tomonidan qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

    Ochilish marosimidan keyin mudofaa vaziri general-mayor B.Qurbonov boshchiligida zamonaviy dunyo talablariga mos keladigan oʻquv sinflari, tibbiyot punkti, yotoqxonalar, oshxona, sport zali, madaniyat markazi hamda jangovar texnikalar va avtomobillar turarjoylari koʻzdan kechirildi. Askar va ofitserlar oshxonasi koʻzdan kechirilayotgan pallada uning bugungi kunda shahar markazlarida urf boʻlgan “Milliy taomlar”dan kam emasligi alohida taʼkidlandi.

    Poligon infratuzilmasidan soʻng navbat dala-oʻquv maydonini nazardan oʻtkazishga keldi. Oʻzbekistondagi eng katta poligon chindan ham dunyo standartlariga toʻla-toʻkis javob beradi. Unda bir vaqtning oʻzida barcha turdagi jangovar texnikalarni qoʻllagan holda oʻquv-mashgʻulotlarini olib borish imkoniyati yaratilgan.

    Oʻtkazilgan amaliy oʻquv mashgʻulotlarida harbiy xizmatchilar zamonaviy poligonda yaratilgan oʻquv joylarida bilim va koʻnikmalarini namoyish qilishdi.



    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Oʻzbekistondagi eng katta harbiy poligon foydalanishga topshirildi