10:28 / 20.12.2019
3 188

Qarshida qadimiy tangalarni noqonuniy ravishda Moskvaga olib ketmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Qarshida qadimiy tangalarni noqonuniy ravishda Moskvaga olib ketmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
Qarshi xalqaro aeroportida qadimiy tangalarni xorijga olib chiqib ketishga uringan fuqaro qo‘lga olindi, deb xabar beradi «Daryo» sayti.

«Qarshi—Moskva» yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketmoqchi bo‘lgan fuqaro Sh.Z.ning xatti-harakatlari aeroport xodimlarida shubha uyg‘otgan. Shu sababli unga tegishli qo‘l yuklari rentgen apparati yordamida belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilganda 5 dona tarixiy ahamiyatga ega tanga noqonuniy ravishda olib ketilayotgani ma’lum bo‘lgan

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasida «Termiz aeroport» chegara bojxona postining «yashil» yo‘lagi orqali xorijga otlangan fuqaroning yonidan ham qadimiy tangalar topilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qarshida qadimiy tangalarni noqonuniy ravishda Moskvaga olib ketmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi