Kelgusida O‘zbekistonda hokimlar halq tomonidan saylanishi mumkin. Prezidentlikka saylangan Shavkat Mirziyoyev mazkur masalani muhokama qilish taklifini bildirdi. Bu haqda Gazeta.uz nashri yozmoqda.
«Kelgusida biz mahalliy hokimlarni bevosita xalq tomonidan saylash masalasi haqida ham o‘ylab, muhokama qilib ko‘rishimiz kerak», — dedi mamlakat rahbari Konstitusiya qabul qilinganini 24 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tantanali yig‘ilishda so‘zga chiqar ekan.
Avval xabar qilganimizdek, mazkur yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev 2017 yilni «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e’lon qilishni taklif etdi.
«Har bir hudud o‘z rahbarini o‘zi saylasa, rahbarlarning xalq va jamiyat oldidagi mas’uliyatini keskin oshirishga erishish mumkin», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ayni paytda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarini Prezident tayinlab, lavozimidan ozod qiladi.
Shavkat Mirziyoyev davlat boshqaruvi tizimini bugungi va ertangi kun talablaridan kelib chiqqan holda takomillashtirish zarurligini qayd etdi.
U 2017−2021 yillarga mo‘ljallangan, O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy boshqaruv sohasidagi islohotlar konsepsiyasini qabul qilish ko‘zda tutilayotganini ma’lum qildi.
Ushbu konsepsiyaga muvofiq, davlat boshqaruvi organlari tuzilmasini, vazifa va vakolatlarini optimallashtirish, ularning o‘ziga xos bo‘lmagan, takrorlanadigan funksiyalarini hamda xodimlar umumiy sonini qisqartirish, shuningdek, davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi rolini keskin kamaytirish bo‘yicha aniq tadbirlar amalga oshiriladi.
«Prezident devoni va Vazirlar Mahkamasi ijro apparati faoliyatini takomillashtirishga, qabul qilinayotgan qonun, farmon va qarorlar samarali amalga oshirilishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratamiz», — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.
Ayni paytda, davlat xizmati institutini isloh etish, davlat xizmatchilarining moddiy va ijtimoiy ta’minoti, ularning kasbiy tayyorgarligini tubdan takomillashtirish, bu sohaga yangicha fikrlaydigan, mas’uliyatli, tashabbuskor, vatanparvar kadrlarni jalb etish bo‘yicha samarali tizim yaratiladi.
Ushbu masalalarning barchasi yaqinda ishlab chiqiladigan «Davlat xizmati to‘g‘risida"gi qonunda o‘z ifodasini topadi, deya qo‘shimcha qildi saylangan Prezident. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi