O‘zbekiston IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi 9 fevral kuni joriy haftada Toshkentda sodir bo‘lgan ikki yirik yong‘in to‘g‘risida ayrim tafsilotlarni ma’lum qildi.
7 fevral kuni Yakkasaroy tumanidagi «Manas» kafe-restoranidagi yong‘in, YoXBB ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in 380 kv. m. maydondagi qurilish konstruksiyalari va mol-mulklarni yo‘q qilgan. Alanganing o‘tishi natijasida qo‘shni «Parizod» MChJ binosi tomi qurilish konstruksiyasining 370 kv. m. maydoni ham zarar ko‘rgan.
Keyingi kuni Olmazor tumanidagi Jomiy bozorida (Usta shirin savdo MChJ) yong‘in sodir bo‘ldi. Olov 6, 7 va 8-do‘konlardagi qurilish buyumlari va materiallari, umumiy maydoni 100 kv. m. bo‘lgan tom konstruksiyalari va shiftlarni yo‘q qilgan.
Har ikki ish bo‘yicha tekshiruv ishlari o‘tkazilib, yong‘in sabablari o‘rganilmoqda. Jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi