10 816
Korzinka.uz yaroqlilik muddati tugashiga bir necha kun qolgan shokoladni aksiyaga qo‘ydi
Feysbukdagi "Potrebitel.uz" guruhi a’zolari tomonidan Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i tomonidan o‘tkazilayotgan yangi aksiya shartlari qizg‘in muhokama qilinmoqda. Ushbu guruh a’zolaridan biri aksiya bo‘lib o‘tayotgani to‘g‘risidagi xabarni qoldirib, 100 ming so‘mlik xarid uchun sovg‘a sifatida yaroqlilik muddati tugashiga bir kun qolgan shokolad bepul berilayotganini kinoya sifatida aytib o‘tgan, deb yozadi Kun.uz.
Uning ta’kidlashicha, kassir faxr bilan har bir 100 ming so‘mlik savdo uchun shokolad plitkasi sovg‘a sifatida berilayotgani, uning yaroqlilik muddati esa 18 may — dushanba kuni tugashini aytib o‘tgan. Ushbu xabar guruh foydalanuvchilarining turli xazil-mutoyibalariga ham sabab bo‘ldi.
Izoh qoldiruvchilardan biri "Nimani kutgan edingiz? Bunday aksiyalarda har doim shu kabi mahsulotlar qo‘yiladi", degan bo‘lsa, yana biri shokoladni tezroq eng, rasmga olishga vaqt yo‘q, deya izoh qoldirgan. Ba’zi bir foydalanuvchilar esa Korzinka.uz tarafini olib, "safsatabozlikni rivojlantiruvchilar"ga istamasangiz, sovg‘ani rad etishingiz mumkin, deya izoh qoldirgan.
Eslatib o‘tamiz, shanba kuni erta tongda Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i rahbari Zafar Hoshimov ushbu guruhning o‘zida aksiya haqida xabar qoldirib, 100 ming so‘mlik xarid uchun qora shokolad sovg‘a sifatida berilishini aytib o‘tgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi
Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi
Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi
Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin”
Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan