6 303
«Mosgortrans» O‘zbekistonda haydovchilarni ishga qabul qilish bo‘yicha tanlov o‘tkazilayotganini rad etdi
«Mosgortrans» Rossiya poytaxt Moskva shahri avtojamlanmalarida ishlash uchun O‘zbekistonda haydovchilar o‘rtasida tanlov o‘tkazilayotganini rad etdi, deb ma’lum qiladi Kun.uz.
15 may, dushanba kuni O‘zbekiston mehnat vazirligi o‘zining «Facebook»dagi sahifasida Rossiya poytaxtida avtobus haydovchilari uchun 1000 ta bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov o‘tkazilayotganini e’lon qilgan edi. (Bu e’lon yuzasidan Kun saytida ham xabar berilgan edi).
«Mosgortrans» davlat unitar korxonasi O‘zbekistonda haydovchilar tanlovi o‘tkazishga aloqador emasligi ma’lum qilgan, deb yozadi RIA novosti. Bugungi kunda kompaniya haydovchilarining 50 foizi Moskva megapolisi vakillari bo‘lsa, yana 40 foizi Rossiya Federasiyasi sub’ektlaridan kelishgan», — degan dushanba kuni RIA Novosti nashriga «Mosgortrans» matbuot xizmati.
Kompaniya matbuot xizmatining qayd etishicha, korxonada moskvalik hamda Rossiya hududlaridan kelgan haydovchilarning soni tobora ortmoqda, shu sababli so‘nggi uch yil ichida xorijlik haydovchilarning ulushi 23 foizdan 10 foizgacha kamaygan.
Matbuot xizmatidagilarning eslatishicha, Moskvadagi barcha er usti transport vositalarining haydovchilari «Mosgortrans» o‘quv-kursantlik kombinati bazasida o‘qishadi va tayyorgarlikdan o‘tishadi. 2017 yilning 1 iyulidan boshlab esa Rossiya hududida yo‘lovchilar tashish bilan faqat RF namunasidagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan shaxslargina shug‘ullanishlari mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi