11:44 / 19.05.2017
8 691

Ichki kiyimiga dollar yashirgan ayollar qo‘lga tushdi

Ichki kiyimiga dollar yashirgan ayollar qo‘lga tushdi
Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Keles” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Toshkent-Chelyabinsk” yo‘nalishidagi poezd yo‘lovchisi fuqaro T.Solieva (maqoladagi barcha ism-shariflar o‘zgartirilgan) bojxona xodimlari tomonidan amaldagi tartiblarga muvofiq xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganda, uning ichki kiyimida bojxona bayonnomasida ko‘rsatilmagan va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilinmagan 500 AQSh dollari va 650 Rossiya rubli yashirgani ma’lum bo‘ldi.

Yana bir holatda, “Toshkent-Sverdlovsk” yo‘nalishidagi poezd yo‘lovchisi fuqaro Z.Mirzaeva ichki kiyimlari orasiga yashirgan holda 1214 AQSh dollarini olib o‘tishga uringan vaqtda to‘xtatib qolindi, deya xabar berdi Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Axborot xizmati.

Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlar Zangiota tuman sudining qarori bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning (MJtK) 22722-moddasi bilan aybdor deb topilib, mazkur kodeksning 21-moddasini qo‘llab ogohlantirildi. Aniqlangan chet el valyutalari esa davlat egaliliga o‘tkazildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ichki kiyimiga dollar yashirgan ayollar qo‘lga tushdi