17:07 / 25.05.2017
9 604

2019 yildan qog‘oz shaklidagi mehnat daftarchalari berish to‘xtatiladi

2019 yildan qog‘oz shaklidagi mehnat daftarchalari berish to‘xtatiladi
2019 yilning 1 yanvaridan boshlab birinchi marta ishga joylashtirilgan xodimlarga qog‘oz shaklidagi mehnat daftarchalari berilishi to‘xtatiladi. Bu Prezidentning “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan, deb yozadi Uz24.uz sayti.

Hujjatga ko‘ra, xodimlarning ish joyi va davlat ijtimoiy sug‘urtasiga to‘lov qilgan davri bo‘yicha ro‘yxatga olishning “elektron mehnat daftari” tizimi joriy etiladi. Mehnat daftarchalaridagi yozuvlar soliq to‘lovchining individual raqami (STIR) va fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovi bo‘yicha individual raqami (PTIR) asosida, xodimning ish joyi va Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga to‘lovlar amalga oshirilgan davri bo‘yicha hisobga olish bilan bosqichma-bosqich almashtirib boriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2019 yildan qog‘oz shaklidagi mehnat daftarchalari berish to‘xtatiladi