23:41 / 23.09.2017
6 796

DTM qachon apellyatsiyadan g‘olib bo‘lganlarni e’lon qiladi?

DTM qachon apellyatsiyadan g‘olib bo‘lganlarni e’lon qiladi?
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichiga talabalarni qabul qilishda o‘tkazilgan test sinovlari natijalari bo‘yicha berilgan murojaatlar 15 avgust kunidan boshlab 4 sentyabrga qadar test natijalaridan norozi bo‘lgan abituriyentlardan arizalar qabul qilgan edi.

DTMga ariza bilan murojaat qilganlar soni 4001 nafarni tashkil etgani haqida Davlat test markazi Matbuot xizmati xabar berdi.

Arizalarni ko‘rib chiqish jarayoni 18 avgustdan 18 sentyabrga qadar davom etdi.

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 14 avgustdagi 6-sonli bayoni bilan tasdiqlangan fan ekspert guruhlari a’zolari tomonidan tahlillar bevosita apellyatsiya shikoyatini bergan abituriyentlar ishtirokida ko‘rib chiqildi.

DTM xabarida aytilishicha, ariza bergan jami abituriyentlarning 657 nafari apellyatsiya jarayoniga kelmagan, 248 nafarining hujjatlarida kamchiliklar mavjudligi sababli apellyatsiya arizalari ko‘rib chiqilmagan hamda 1 nafar abituriyent apellyatsiya o‘tkazish tartibini buzganligi sababli jarayondan chetlashtirilgani aytildi.

DTM axborot xizmati 3,5 mingdan ortiq abituriyentlarning murojaatini ko‘rib chiqqan va qancha fuqaro kelmagani, qanchasi chetlashtirilgani haqida aytib o‘tdi.

Lekin qancha talaba bo‘lish orzusida yurgan abituriyent apellyatsiya jarayonida DTM test savollaridagi xatolarni ko‘rsatgani, qanchasi talaba bo‘lgani haqidagi ma’lumotni negadir oshkor etmadi...

To‘g‘ri, ko‘rib chiqilgan arizalar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtiriladi va Davlat komissiyasiga taqdim etiladi.

Biroq aynan nechta test savollarida xatolik va noaniqliklar ketgani va nechta abituriyent talabalikka yaqin turgani haqida ma’lumot berish mumkinmidi?

Nahotki, tavsiya etilgan darsliklarda uchraydigan ayrim noaniqliklar, farqlar yuzasidan ham birorta bahs-munozara o‘z yechimini topmagan bo‘lsa?

Yoki test savollarida birorta ham xato, noaniqliklar yo‘qmidi? Test savollari shunchalik mukammal va yetuk darajadamidi?

Mutasaddi tashkilot xodimlardan mazkur masalaga oid savollarga javoblarni kutib qolamiz...

Manba: qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DTM qachon apellyatsiyadan g‘olib bo‘lganlarni e’lon qiladi?