Bugun, 11 fevral kuni soat 5:40 da Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi «Charxin» MFYda joylashgan xususiy uyda gaz-havo aralashmasi oqibatida chaqnash sodir bo‘ldi.
FVV axborot xizmatining xabariga ko‘ra, oqibatda uy 2-qavatining bir qismi qulab tushgan. Vafot etganlar va jarohatlanganlar bor.
Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarining buzilishi chaqnashning asosiy sababi deb topilmoqda. Voqea joyida viloyat hokimligi boshchiligida IIB, FVB, SSB va boshqa tegishli idoralarning kuch va vositalarini jalb qilgan holda favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.
«Xabar.uz» manbasining xabariga ko‘ra, ushbu fojia oqibatida 6 kishi, shundan 4 nafari ayol kishi, 2 nafari yosh bola hayotdan ko‘z yumgan. Bir nafar fuqaroning ahvoli og‘ir, hozir shifoxonada davolanmoqda.
Tahririyatimiz nomidan ushbu baxtsiz hodisada halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi