Foto: Sputnik
Vladimir Putin o‘n nafar o‘zbekistonliklarga Rossiya fuqaroligini berish haqida farmon imzoladi, deb xabar qilmoqda Sputnik huquqiy ma’lumotlar rasmiy portaliga tayanib.
Rossiya prezidenti umumiy hisobda 63 kishiga fuqarolik berish haqida farmon imzoladi. Ular orasida o‘zbekistonliklardan tashqari, yetti nafar Ukraina fuqarolari, olti nafardan Armaniston va Tojikiston fuqarolari, Afg‘oniston, Belarus, Ozarbayjon va Moldova respublikalaridan besh nafardan, Vetnamdan – uch kishi, Qozog‘istondan – ikki kishi, Isroil, Serbiya, Xitoy, Livan va Qirg‘izistondan – bir kishi bor. Undan tashqari Rossiya federatsiyasi hududida tavallud topgan to‘rt kishi bor.
Farmonda aytilishicha, ushbu shaxslar fuqarolik qasamyodini qabul qilganidan keyin Rossiya fuqarosi pasporti beriladi. Voyaga yetmaganlar esa ularning ota-onalari tomonidan qasamyod qilinganidan keyin fuqarolikni qabul qiladi.
Shuningdek, Rossiya prezidenti o‘z qarori bilan uch kishini fuqarolikdan chiqardi. Ular latviyalik, sankt-peterburglik va kaliningradlik sobiq fuqarolardir. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi
Kuala-Lumpur shahrida terma jamoalar murabbiylari uchun konferensiya o‘tkazildi
Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi
Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi
“Hizbulloh” Livan chegarasi yaqinidagi Isroil harbiy obyektlariga hujum uyushtirdi
Litva Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligini ma’lum qildi