22:24 / 12.04.2018
15 070

Shavkat Mirziyoyev Rustam Inoyatovga yangi vazifa topshirdi

Shavkat Mirziyoyev Rustam Inoyatovga yangi vazifa topshirdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha Davlat maslahatchisi Rustam Inoyatov O‘zbekistonda baliqchilik sanoatini rivojlantirishda mas’ul etib tayinlandi.

Joriy yilning 6 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Baliqchiik tarmog‘ini jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilingan edi.

Hujjatda “Baliq ishlab chiqaruvchi” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tuzilmasida Baliqchilikni rivojlantirish boshqarmasini tashkil etish, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi faoliyatini takomillashtirish kabi asosiy masalalar belgilab berilgan. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilishga Rustam Inoyatov bilan birga Bosh vazir Abdulla Aripov va Bosh prokuror Otabek Murodov ham javobgar etib tasdiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, 31 yanvar kuni 1995 yil yozidan buyon uzluksiz ravishda O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisi lavozimida bo‘lib kelgan general-polkovnik Rustam Inoyatov lavozimni tark etgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Rustam Inoyatovga yangi vazifa topshirdi