O‘zbekiston Respublikasi IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasining Odam savdosiga va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 7 iyun kuni Toshkent xalqaro aeroportida Qashqadaryo viloyatining Shaxrisabz tumanida yashovchi ayol yaqinlari tomonidan kutib olindi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, ayol shu yilning 28 aprel kuni hozirda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan shaxsi aniqlanayotgan Charos ismli tanishining Turkiya davlatida enagalik qilish va buning evaziga katta miqdorda oylik maosh olish to‘g‘risidagi yolg‘on va’dasiga ishonib, Turkiya davlatining Istambul shahriga ketgan. Istambulda uni Charosning singlisi Yulduz ismli ayol kutib olganligini va Komilbey ismli turk fuqarosiga olib borib, hujjatlari bilan birga topshirib yuborganini ma’lum qilgan.
Natijada uni og‘ir sharoitga solib, hujjatlarini olib qo‘yib, majburiy mehnatga jalb qilganlar. Bunday sharoitlarga chiday olmagan va aldanganligini payqagan ayol, u yerdan qochib, ko‘chada qolib ketadi.
Ayolning holati yuzasidan olingan ma’lumot asosida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda olib borgan ishlari natijasida jabrlangan ayol O‘zbekistonga qaytarildi.
Mazkur voqea yuzasidan tayyorlangan videorolikni quyidagi HAVOLA orqali ko‘rishingiz mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi