08:30 / 14.06.2018
5 344

O‘zbekistonda iste’mol savati va kun kechirish uchun zarur miqdor me’yorlari joriy qilinadi

O‘zbekistonda iste’mol savati va kun kechirish uchun zarur miqdor me’yorlari joriy qilinadi
O‘zbekistonda “iste’mol savati” va “kun kechirish uchun zarur miqdor” tushunchalari joriy qilinadi hamda ularni hisoblash tasniflari aniqlanadi. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi portalida O‘zbekistonda minimal iste’mol savati va kun kechirish uchun zarur miqdorni hisoblash tartibi haqidagi Nizom loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Iqtisodiyot vazirligi tomonidan tayyorlangan mazkur Nizom loyihasi 27 iyunga qadar muhokama qilinishi va 1 iyuldan amalga tatbiq etilishi ko‘zda tutilgan.

Nizom loyihasiga ilova qilingan ro‘yxatda to‘la-to‘kis va sog‘lom ovqatlanish uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari va ovqatlanishning o‘rtacha bir sutkalik minimal tibbiy me’yorlari belgilandi. Mazkur ro‘yxatdan inson uchun eng zarur bo‘lgan dukkaklilar, un mahsulotlari, meva-sabzavotlar, go‘sht va sut mahsulotlari – jami 46 turdagi mahsulot o‘rin olgan.

Minimal iste’mol savati va kun kechirish uchun zarur miqdor qiymatlari Iqtisodiyot vazirligi tomonidan oylik asosda kelasi oyning 15-sanasigacha hisoblab chiqiladi.

Fuqarolar mazkur Nizom loyihasi bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishlari mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda iste’mol savati va kun kechirish uchun zarur miqdor me’yorlari joriy qilinadi