O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining «Feysbuk»dagi sahifasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar ikki yirik korrupsion sxemaga chek qo‘ygani haqidagi lavha e’lon qilindi.
Lavhada 2018 yilning 6 oyi mobaynida mansabdor shaxslarga nisbatan 867 ta jinoiy ish ochilgani, ularning 56 tasi pora olish jinoyati ekanligi qayd etilgan.
Qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlaridan birining figuranti - iqtisodiyotimizning juda muhim sektorini boshqargan Surat Haydarovdir.
Ma’lum qilinishicha, «O‘zdonmahsulot» kompaniyasi rahbari Sur’at Haydarov pora evaziga o‘ziga biriktirilgan kompaniyadagi talon-torojliklarga ko‘z yumgan.
Haydarov kompaniya tizimiga ko‘plab qarindoshlarini ishga olib kirgan va poraxo‘rlik tizimini yaratgan.
Masalan, Haydarov viloyatlardan biriga xizmat safari davomida don mahsulotlari noto‘g‘ri saqlanayotganiga guvoh bo‘lgan. U vaziyatni to‘g‘rilash o‘rniga, taklif etilgan pulni olishni ma’qul ko‘rgan. Bunday jinoyatlarda unga kuyovi Jamshid Sharipov faol yordam berib kelgan
Ayni vaqtda huquq-tartibot organlari xodimlari u olgan poralar miqdorini aniqlashtirishmoqda, Haydarov va Jamshid Sharipov ehtiyot chorasi sifatida hibsga olingan.
Sur’at Haydarov 1969 yili Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy, 1994 yili Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Faoliyati davomida Moliya vazirligining Samarqand viloyatidagi nazorat-taftish boshqarmasi boshlig‘i, Respublika Hisob palatasining inspektori, yetakchi inspektori, «O‘zkimyosanoat» AJ boshqaruvi raisining iqtisod va moliya bo‘yicha o‘rinbosari kabi vazifalarda ishlagan. U 2017 yilning 21 fevralida «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv raisi etib tayinlangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi