Toshkent shahar hokimligi va hokimlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi Toshkent shahrining gerbini ishlab chiqish uchun professional tanlov e’lon qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tanlovda tasviriy san’at, dizayn, grafika, illyustratsiya, reklama va boshqa tegishli faoliyat sohalari bo‘yicha mutaxassislik yoki professional tajribaga ega bo‘lganlar ishtirok etishi mumkin.
Ishtirok etish uchun quyidagilar zarur:
1. Tanlov to‘g‘risidagi nizom va texnik vazifa bilan tashkent.uz saytida tanishish.
2. Toshkent shahri gerbini ishlab chiqish va g‘oyani ta’riflash.
3. Grafik fayl hamda ta’rif matnini, shuningdek, bog‘lanish uchun ma’lumotlarni [email protected] elektron manziliga yuborish. Xat mavzusida “Shahar ramzi (gerbi) tanloviga” deb ko‘rsatilishi zarur.
Ishlarni qabul qilish: 2018 yilning 18 avgust kuni soat 24:00ga qadar.
Yakunlar 2018 yilning 25 avgust kuni sarhisob qilinadi va Toshkent shahar hokimligi saytida ma’lumot beriladi.
Mukofot jamg‘armasi: 10 mln so‘m va tanlov hamkorlaridan qimmatbaho sovg‘alar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, bitta g‘olib, ikkita ikkinchi o‘rin, uchta uchinchi o‘rin sovrindorlari aniqlanadi va ular munosib rag‘batlantiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi