4 360
Lukashenko Toshkentga tashrifini Mustaqillik maydoni va Islom Karimov haykalini ziyorat qilishdan boshladi
Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Toshkentga rasmiy tashrifini boshladi. Belarus Prezidenti matbuot xizmati xabar berishicha, Aleksandr Lukashenko Toshkentga tashrifini Mustaqillik va ezgulik monumentiga tashrif buyurib, yodgorlik poyiga gul qoʻyishdan boshladi.
BЕLTA muxbiri xabar qilishicha, Lukashenko Oqsaroyda ham boʻlib, Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasiga oʻrnatilgan haykal poyiga ham gul qoʻygan.
Foto: belta.by
Belarus prezidentining rasmiy tashrifi doirasidagi asosiy tadbirlar 13 sentyabr kuni boʻlib oʻtadi. U ertaga Koʻksaroy qarorgohida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar oʻtkazadi. Muzokaralar tor shaklda va delegatsiyalar aʼzolari ishtirokidagi kengaytirilgan shaklda boʻlib oʻtadi. Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlik, ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish va Oʻzbekistonda talabgir boʻlgan texnika ishlab chiqarish boʻyicha yigʻish korxonalarini tashkil etish masalalarini muhokama qilishi kutilmoqda.
Foto: belta.by
Ushbu yuqori martabali mehmon tashrifini yoritish uchun Oʻzbekistondagi mustaqil OAV vakillari jalb etilmagan. Mahalliy nashrlar odatga koʻra xorij manbalariga tayanishga majbur boʻlmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi