Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxoʻjayev boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Germaniyada boʻlib turibdi.
Bugungi tadbirlar dasturida Toshkent shahar hokimining Berlin shahridagi yer osti metropoliteni va unga tutash hududlarning boʻsh joylaridan foydalanish imkoniyatlari bilan tanishishi hamda Berlin shahri hokimi M.Myuller janoblari bilan uchrashuvlari oʻrin olgan.
Kunning ikkinchi yarmida J. Artikxoʻjayev “Berlinning oltin kitobi”ga oʻz fikr-mulohazalarini yozib qoldirishi, shuningdek, Berlin shahri ichki ishlar va sport senatori bilan uchrashuvi, Kroysberg tumanidagi sport va fitnes markazi faoliyati bilan tanishishi koʻzda tutilgan.
Toshkent shahar hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, delegatsiya aʼzolari kun yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqillik kunining 27 yilligi hamda Toshkent va Berlin oʻrtasida doʻstona aloqalarning 25 yilligi munosabati bilan tashkil etiladigan tantanali marosimda ishtirok etadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi