Dani Alves «Yuventus» jamoasiga o‘tayotganini tasdiqladi

  • 04 iyun 2016, 14:08
  • 4 194
  • Sport
  • Dani Alves «Yuventus» jamoasiga o‘tayotganini tasdiqladi

    «Barselona» futbol klubi himoyachisi Dani Alves, yangi mavsumni Italiyaning «Yuventus» jamoasi tarkibida boshlashini tasdiqladi.

    «Men hozir juda baxtliman. «Yuventus»ga qo‘shilayotganimdan xursandman. Men «Barselona» tarkibida barcha sovrinlarni qo‘lga kiritdim va unda o‘tkazgan har daqiqadan huzurlandim. Ammo, o‘zgarishlar vaqti keldi. Men «Yuventus»ni Evropadagi g‘alabalar sari etaklashni istayman. Yaqin kunlarda, Turinda «Yuventus» bilan shartnoma imzolayman, ammo men har doim «Barselona» muxlisi bo‘lib qolaman, — deya Alves so‘zlarini keltirgan "Kun" nashri.

    Avvalroq, «Barselona» matbuot xizmati Dani Alves jamoani tark etayotgani to‘g‘risidagi xabarni tasdiqlagan hamda jamoa tarixiga qo‘shgan hissasi uchun unga minnatdorchilik bildirgan edi.

    Futbolchining o‘zi muxlislari bilan xayrlashib, kelajakda Kataloniya jamoasiga qaytishini aytgandi. O‘tgan mavsumda Alves «Barselona» uchun 48 ta match o‘tkazib, bitta gol urgan va 8ta golli uzatmani amalga oshirgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Dani Alves «Yuventus» jamoasiga o‘tayotganini tasdiqladi