«Manchester Yunayted» va Angliya terma jamoasi hujumchisi Ueyn Runi faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin, deya yozmoqda "Vodiymedia" sayti.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy klublaridan biri (aniq qaysiligi keltirilmagan) 31 yoshli ingliz futbolchisiga haftasiga bir million funt-sterling (1,15 million evro) maosh taklif qildi. Ayni paytda Runi “qizil iblislar”dan haftasiga 300 ming funt (345 ming evro) maosh olmoqda.
Ushbu transfer yozda amalga oshishi mumkin. Agar Runi Xitoyga o‘tishga rozi bo‘lsa, u sayyoramizning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanadi. Hozir bu maqom «Shanxay Shenxua»ning argentinalik hujumchisi Karlos Tevesga tegishli. U etti ish kunida 615 ming funt yoki 710 ming evro pul ishlab topadi.
Runi "MYu" safida 2004 yildan beri to‘p surib keladi. 21 yanvarda Angliya chempionati doirasida «Stok Siti»ga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda forvard manchesterliklar safidagi 250-golini kiritdi. Shu tariqa u klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi.
«Manchester Yunayted» bilan Runi besh karra Angliya chempioni bo‘ldi, Angliya kubogi va Evropa chempionlar ligasi sohibiga aylandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi