Uch boksyorlik assosiasiyasi tasnifi bo‘yicha o‘ta og‘ir vaznda jahonning yangi chempioni Entoni Joshua Vladimir Klichkoning atrofidagilarni «Uembli»da yengilgan bokschini qayta jang o‘tkazish fikridan qaytarishni so‘ragan.
«Fikrimcha, u baribir qayta jang uyushtirilishini xohlab qoladi. Chunki u jangni to‘xtatish kerakligini anglab etuvchi eng so‘nggi odam. Biroq uning atrofida unga maslahat beruvchi insonlar — suyukli yori, akasi bor. Ular unga qasos jangi o‘tkazmasligini maslahat berishlari kerak», — deya britaniyalik bokschining so‘zlarini keltiradi Boxingscene.com portali.
Joshuaning qayd etishicha, u Vladimir Klichkoni inson va bokschi sifatida nihoyatda hurmat qiladi, biroq ukrainalik bokschi yana ringga chiqishni istasa, u albatta bu chaqiruvni qabul qiladi.
O‘tgan shanbada Entoni Joshua Vladimir Klichkoni chempionlik jangida texnik nokaut bilan mag‘lubiyatga uchratdi. Jang uchun tuzilgan shartnomaga ko‘ra, qasos olish uchun qayta jang o‘tkazilishi ham nazarda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi