23:01 / 21.07.2017
5 836

«Rostov» eronlik «Messi» o‘rniga o‘zbekistondan «Messi» olib keldi

«Rostov» eronlik «Messi» o‘rniga o‘zbekistondan «Messi» olib keldi
Rossiyaning realnoyevremya.ru internet nashri “Rostov” yangi “Messi”ni xarid qildi sarlavhasi ostida xabarli maqolani e’lon qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Rostov” joriy yilgi transferlar mavsumida 16 nafar yangi futbolchini qo‘shib olgan, barchasining transferi qiymati bir bo‘lib 3-5 mln evroni tashkil etadi.

Lekin shuncha xaridlarni amalga oshirgan “Rostov”ni Qurbon Berdiev tark etdi, mutaxassis o‘zi bilan birga bir qancha futbolchilarni ham olib ketdi.

“Ya’ni Berdiev “Rubin”ga Janaev, Granat, Kudryashov va Azmun kabi futbolchilarni jalb etdi. “Rostov”ni eng so‘nggilar qatorida eronlik hujumchi Sardor Azmun ham tark etdi.

Rostovliklar Azmun o‘rnini undan kam o‘ynamaydigan qit’adoshi “Bunyodkor” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov kabi iqtidorli futbolchi bilan to‘ldirdi. Eldor 2015 yilda Osiyo qit’asining eng yaxshi uch futbolchilaridan biri sifatida e’tirof etilgandi.

Shomurodov o‘sha vaqt o‘ziga yarashadigan “o‘zbek Messisi” kabi mashhur laqabga ega bo‘lgan. Deyarli barchaning xabari bor, Azmunni o‘z yurtida “eronlik Messi” deya atashadi, ammo Sardor bunday ismdagi chaqirishni unchalik hushlamadi.

Aytishadiku birining o‘rnini biri bosishadi deb. “Rostov” tezlik bilan “eronlik Messi” o‘rnini “o‘zbekistonlik Messi” bilan to‘ldirdi, bu sohada rostovliklarning omadi keldi.

Ta’kidlab o‘tish joiz Eldorning maydondagi harakatlari argentinalik futbol yulduzi Messini eslatadi. Chunki Shomurodov maydondagi tirik raqobatdan cho‘chimaydi, doim oldinga intiladi va shuning bilan birga hujumchi, yarim himoyachi sifatida o‘ynay oladi.

“Rostov”ning yangi sxemasi (3-4-2-1) da Eldor o‘yinning so‘nggi 10 daqiqalarida jamoani kuchaytirishda yordam berishiga ishonamiz”, - deya yozadi Rossiya realnoyevremya.ru internet nashri.


Manba: www.interfutbol.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Rostov» eronlik «Messi» o‘rniga o‘zbekistondan «Messi» olib keldi