Useyn Bolt sportdan ketmoqda. Sport dunyosi uning oxirgi yugurishlarini kuzatmoqda. Ular taqdirning yana bir o‘yinini kuzatishdi. Afsonaviy Bolt yuz metr masofaga oxirgi yugurishida birinchi bo‘la olmadi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Buyuk Britaniya poytaxtida o‘tayotgan jahon chempionatidagi bahslar davomida yuz metrga yugurishda amerikalik Jastin Getlin Boltni ortda qoldirdi. Bolt ikkinchi ham bo‘la olmadi, marraga ikkinchi bo‘lib boshqa bir amerikalik Kristian Koulman etib keldi.
Chaqmoq-insonni mag‘lub etishdi! 14 yil ichida ilk marta! U eng ustun bo‘lgan yuz metrlik masofada!
Ha, u hamisha chaqmoq-inson bo‘lmagan: 2003 yilda ham u Jastin Getlinga yutqazgandi. Keyingi yillar – o‘n yildan ortiq vaqt davomida faqat Bolt chempion bo‘lgandi.
5 avgust kungi chopishda Getlin 9,92 soniya bilan birinchi bo‘ldi, Useyn Bolt 9,95 soniyalik ko‘rsatkich bilan uchinchi o‘rinda qoldi. Ikki sportchi uchun ham bu mavsumdagi eng yaxshi ko‘rsatkichlar bo‘ldi.
Getlin va Boltning raqobati keyingi yillarda jahon yengil atletikasida asosiy bahs mavzusiga aylandi. Bu orada amerikalik sportchi doping qabul qilgani uchun diskvalifikasiya muddati o‘tadi.
30 yoshli Bolt jahon chempionatidan keyin yengil atletikadagi faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgan. Sakkiz karra olimpiya chempioni va 11 karra jahon chempioni Londonda yana bir marta chopadi - 4x100 metr masofada estafetada. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi