20:19 / 03.09.2017
4 434

J.Koreya matbuoti: Biz Toshkentda g‘alaba qozonamiz va 9-marta JChga boramiz

J.Koreya matbuoti: Biz Toshkentda g‘alaba qozonamiz va 9-marta JChga boramiz
Ertadan keyin Toshkentda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston hamda Janubiy Koreya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv oldidan Koreya matbuotida ko‘plab xabarlar yangramoqda.

Ularning aksariyatida O‘zbekistonni shubhasiz mag‘lubiyatga uchratish aytilmoqda. Ya’ni, koreyslar O‘zbekistonni kuchsiz raqib deb hisoblamoqda.

"Garchi termamiz Seulda Eron bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, o‘z taqdirini o‘zi hal qilish imkoniyatiga ega bo‘lib turibdi. Janubiy Koreya Toshkentda g‘alabani qo‘lga kiritadi va Jahon chempionatiga beriladigan yo‘llanmani to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘lga kiritadi. Har holda shunday qilishi shart.

Biz ketma-ket to‘qqizinchi marta JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritishni istaymiz.

Navbatdagi raqibimiz O‘zbekiston bizni bor-yo‘g‘i 1994 yildagi Xirosima maydonlarida yutgan edi. Shu kungacha bo‘lsa ular bizni biron marta ham yenga olishmagan. Lekin, Toshkentda bo‘lgan so‘nggi ikkita uchrashuvda durang qayd etilgandi.

Biz FIFA reytingida 64-o‘rinda borayotgan O‘zbekistondan kuchli ekanligimizni yana bir marta isbotlashimiz zarur. Ularni shu paytgacha 10 marta yutganmiz, navbatdagisi o‘n birinchisi bo‘lishi mumkin.

Janubiy Koreya bosh murabbiyi O‘zbekistonga qarshi o‘yinga o‘zgartirishlar kiritadi va himoyani kuchaytirishni rejalashmtirmoqda.

Nasib qilsa, 5 sentyabr kuni Toshkentdan JCh-2018 yo‘llanmasi bilan qaytamiz", - deydi Seulda chop etiladigan nashrlarning birida.

Xulosa o‘zingizdan ...


Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » J.Koreya matbuoti: Biz Toshkentda g‘alaba qozonamiz va 9-marta JChga boramiz