23:17 / 30.09.2017
4 524

«Nasaf»da g‘alaba, «Metallurg» esa irodali durangni qayd etdi

«Nasaf»da g‘alaba, «Metallurg» esa irodali durangni qayd etdi
O‘zbekiston Oliy Ligasining 23-turidan o‘rin olgan bugungi uchrashuvlar yakuniga yetdi.
Unda “Nasaf” Qarshida “Qizilqum”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, “Buxoro” – “Metallurg” uchrashuvida mezbonlar so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqarishdi.

“Nasaf” jamoasining yosh iqtidorli futbolchisi Baxrom Abduraximov birinchi daqiqadayoq hisobni ochishga erishdi, shuningdek, Igor Golban 70-daqiqada hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirib, jamoasi g‘alabasiga hissasini qo‘shdi.

“Buxoro” – “Metallurg” uchrashuvida esa umuman boshqacha ssenariy kuzatildi. O‘yinning dastlabki 45 daqiqasida jamoalar faqat yetakchilikni qo‘lga olish uchun kurashishdi.

76 daqiqadag so‘ng uchrashuvning eng kulminatsion daqiqalari boshlandi. Amonov “Buxoro”ning ilk golini urib hisobni ochdi, 84-daqiqada mezbonlar yana bitta golga hisobda oldinga o‘tib olishdi.

Oradan 3 daqiqa o‘tar-o‘tmas bekobodliklar futbolchisi Murod Toshmatov hisobni qisqartirdi va qo‘shib berilgan 4 daqiqaning eng so‘nggi soniyalarida “Metallurg”ning burchakdan oshirilgan to‘pini Ayubxon No‘monov darvozaga joylab qo‘ydi va shu tariqa, jamoasining irodali durang qozonishida katta rol o‘ynadi.

«Buxoro» (Buxoro) – «Metallurg» (Bekobod) 2:2
Gollar:
B.Amonov (76), Ergash Ismoilov (84) - Murod Toshmatov (87), Ayubxon Numonov (90+4).

"Buxoro"
: Akmal Tursunboyev, Boburjon Omonov, Bahriddin Vahobov, San’at Shixov, Artyom Filiposyan, Rabbim Hasanov, Ergash Ismoilov, Alisher Samatov, Salamat Qutiboyev, Ivan Nagayev, Javohir Qahramonov

Metallurg: Zafar Safayev, Abror Xusinov, Xikmat Xoshimov, Doniyer Odilov, Ayubxon Numonov, Murod Toshmatov, Zoxid Abdullayev, Mirgiyes Sulaymonov, Alisher Ziyevuddinov, Islombek Isokjonov, Jaxongir Abdumuminov.

«Nasaf» (Qarshi) – «Qizilqum» (Navoiy) 2:0
Gol:
B.Abdurahimov (1), I.Golban (70).

“Nasaf”: Sanjar Quvvatov, Akmal Shorahmedov, Azizjon G‘aniyev, Odiljon Hamrobekov, Bahrom Abdurahimov, Islom Kenjaboyev, Igor Golban, Farruh Sayfiyev, Dragan Cheran, Jasur Hasanov, Umarbek Eshmurodov.

“Qizilqum”: Erkin Jabborov, Viktor Grigorev, Shukurali Po‘latov, Erkin Boydullayev, Nodirxon Kamolov, Otabek Zokirov, Artur Gevorkyan, Samandar Shodmonov, Sherali Jo‘rayev, Otabek Isroilov, Akmaljon Baxritdinov.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Nasaf»da g‘alaba, «Metallurg» esa irodali durangni qayd etdi