OAV: Lionel Messi “el-klasiko” gacha safga qaytishi mumkin

  • 28 sentyabr 2015, 22:04
  • 4 930
  • Sport
  • OAV: Lionel Messi “el-klasiko” gacha safga qaytishi mumkin

    “Barselona” jamoasining argentinalik hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining 12-turida “Real”ga qarshi o‘tkaziladigan “el-klasiko” bahsigacha jarohatidan tuzalib, safga qaytishi mumkin. Bu haqda El Mundo Deportivo xabar bergan.

    Messi Ispaniya Primerasi 6-turidan o‘rin olgan “Las-Palmas”ga qarshi uchrashuvning 10-daqiqasida jarohat olgani tufayli almashtirilgandi.

    Biroz o‘tib, Kataloniya klubi rasmiy sayti Messining tiklanishi uchun 7-8 hafta talab etilishi haqida xabar tarqatgandi.

    Tekshiruvlardan keyin ma’lum qilinishicha, u 21 noyabr kuni "Real"ga qarshi o‘tadigan bahsgacha tayyor bo‘lishi mumkin.

    Argentina terma jamoasi shifokori Donato Villani "Barselona" hujumchisi Lionel Messining jarohati haqida ijobiy gaplar aytgan.

    "Messidagi jarohat tuzalishi uchun 7 yoki 8 hafta kerak. Shundan so‘ng muammosiz o‘ynasa bo‘ladi.
    Ammo men Leoni uzoq yillardan buyon bilaman va u safga ertaroq qaytishi ham mumkin. Chunki u o‘ynamasa tura olmaydi", - deydi Villani.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » OAV: Lionel Messi “el-klasiko” gacha safga qaytishi mumkin