11:39 / 23.10.2017
5 891

O‘zbekistonlik futbol muxlislari uchun ajoyib yangilik!

O‘zbekistonlik futbol muxlislari uchun ajoyib yangilik!
Bugun, 23 oktyabr kuni London shahrida “The Best FIFA Football Awards 2017” taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.

Unda futbol olamida o‘tgan mavsum yuksak natijalarga erishgan futbolchi va murabbiylar FIFA tomonidan mukofotlanadi.

Taqdirlash marosimiga dunyoning millionlab muxlislari e’tibor qaratishi shubhasiz. Chunki, unda zamonamizning ikki buyuk futbolchisi Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi hamda Neymar eng nufuzli individual sovrin uchun asosiy da’vogarlar hisoblanishadi.

Shuningdek, marosimda FIFA Prezidenti Janni Infantinoning taklifiga binoan Londonga yetib borgan O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov va Ijroiya qo‘mitasining a’zosi Bobur Shodiyev ham ishtirok etishlari haqida avvalroq xabar bergandik.

O‘zbekistonda mana shu tadbirga bo‘lgan katta qiziqishni inobatga olgan holda “UzReport TV” hamda “Futbol TV” ushbu ko‘rsatuvni jonli efirda to‘liq translyatsiya qilish huquqini qo‘lga kiritdi.

Demak, bugun, 23 oktyabr kuni 22:00 dan boshlab taqdirlash marosimining kirish qismi, yulduzlarning tashrifi, yo‘lak orqali o‘tishi va fotosessiyasi “UzReport TV” hamda “Futbol TV” orqali namoyish etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik futbol muxlislari uchun ajoyib yangilik!