10:30 / 23.11.2017
5 756

Nursulton Ro‘ziboyev chempionlik kamarini saqlab qoldi

Nursulton Ro‘ziboyev chempionlik kamarini saqlab qoldi
Besh kun ichida ikkinchi marta ringga ko‘tirilgan o‘zbekistonlik yakkakurashchi Nursulton Ro‘ziboyev navbatdagi jangini Bishkek shahrida o‘tkazdi.

“WEF GLOBAL 10” turniri doirasida unga mezbonlar vakili Yerbolot Omorzakov raqiblik qildi.Ushbu turnirning amaldagi g‘olibi bo‘lgan Nursulton ushbu jangda o‘z sovrinini saqlab qoldi va raqibi bilang durang natijani qayd etdi.

18 noyabr kuni Yekaterinburg shahrida o‘tkazilgan yakkakurashlar bo‘yicha musobaqada hamyurtimiz chechenistonlik Jangchurayev Axmatni birinchi raunddayoq nokautga uchratgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Nursulton bundan tashqari 16 dekabr kuni Grozniy shahrida o‘tkaziladigan aralash yakkakurash jang san’atlari bo‘yicha "WFCA 44" turnirida ham ishtirok etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nursulton Ro‘ziboyev chempionlik kamarini saqlab qoldi