15:15 / 02.02.2018
4 393

"Navbahor" 3 nafar legioner bilan shartnoma imzoladi

"Навбаҳор" 3 нафар легионер билан шартнома имзолади
Mavsumlar oralig‘ida "Navbahor" tarkibiga qo‘shilgan futbolchilar bilan shartnomalar imzolanmoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Avval xabar berganimizdek, “Navbahor” safiga legioner darvozabon Ilya Gavrilov kelib qo‘shilgandi. Oldingi o‘yinlarda posboni sinovdan o‘tkazgan murabbiylar darvozabonning xatti-harakatlaridan to‘la qoniqish hosil qilishdi va shartnoma imzolashdi. 1988 yilning 26 sentyabr sanasida tug‘ilgan posbon yangi mavsumni “Navbahor” tarkibida o‘tkazadi. Shuningdek, kuni-kecha jamoa safiga qo‘shilgan serbiyalik himoyachi Tomislav Pajovich bilan ham shartnoma imzolandi. O‘tgan mavsumni Serbiyaning “Zemun” klubida o‘tkazgan himoyachi ham “Navbahor” a’zosiga aylandi. Faoliyatini 2008 yili “Chukarichki” jamoasida boshlagan himoyachi 193 ta uchrashuvda maydonga tushib, sakkizta golga mualliflik qilgan. O‘tgan mavsumni “Navbahor”da o‘tkazgan yana bir serbiyalik himoyachi Darko Stanoyevich bilan ham yangi shartnoma imzolandi.

Bugun Navoiyning “Qizilqum” klubi bilan navbatdagi nazorat o‘yini o‘tkazildi. “Konchilar”ga qarshi o‘tgan uchrashuvda “Navbahor” Zohir Pirimov va Azamat Allaniyozovning gollari vaziga 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Birinchi bo‘lim o‘rtalarida Pirimov hisobni ochgan bo‘lsa oradan hech qancha vaqt o‘tmay Pirimov ishlagan penaltini Azamat Allaniyozov aniq amalga oshirdi. Tanaffusga yaqin esa “Qizilqum” hisobdagi farqni qisqartirishga erishdi. Ikkinchi bo‘limda esa darvozalarga gol kiritilmadi. Navoiyliklar bilan o‘tgan uchrashuvning ikkinchi bo‘limida “Navbahor” darvozasidan Akbar To‘rayevni joy olganligini qo‘shimcha qilish joiz.

"Navbahor" uchrashuvni quyidagi tarkibda o‘tkazdi: Ilya Gavrilov, Avazbek Mamatho‘jayev, Mirzohid G‘ofurov, Darko Stanoyevich, Tomislav Pajovich, Dilshod Jabborov, Azizbek Turg‘unboyev, Oybek Qilichev, Oston O‘runov, Zohir Pirimov, Azamat Allaniyozov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Akbar To‘rayev, A’zam Aliyev, Ayubxon No‘’monov, Ilhom Boydedayev, Shohzamon Hayrullayev, Yannis Linda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Navbahor" 3 nafar legioner bilan shartnoma imzoladi