19:14 / 28.02.2018
3 326

Elmurat Tasmuradov to‘rt karra Osiyo chempioniga aylandi

Elmurat Tasmuradov to‘rt karra Osiyo chempioniga aylandi
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida yunon-rum kurashi bo‘yicha Osiyo chempionatida Elmurat Tasmuradov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Kun.uz” xabar berdi.

Bu safar 63kg.gacha vazn toifadasid gilamga chiqqan o‘zbekistonlik sportchi hal qiluvchi final bahsida qirg‘izistonlik Urmat Amatovni 8:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Ma’lumot uchun, ushbu chempionlik Tasmuradov uchun Osiyo chempionatidagi to‘rtinchi oltin medaldir. Elmurat bungacha Dehli (2013), Astana (2014) hamda Doha (2015) shaharlarida o‘tkazilgan Osiyo chempionatlarida oltin medallarni qo‘lga kiritgan. Rio olimpiadasi sovrindori, shuningdek 2012 yilda Kumida o‘tgan qit’a chempionatida esa u kumush medal bilan kifoyalangandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Elmurat Tasmuradov to‘rt karra Osiyo chempioniga aylandi