19:51 / 22.03.2018
4 224

Alisher Usmonov endi mashhur «Milan» klubini sotib olmoqchi

Alisher Usmonov endi mashhur «Milan» klubini sotib olmoqchi
Italiyaning «Milan» klubi yangi rahbar qo‘liga o‘tishi mumkin. Bu haqda Kun nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, bu yangi xo‘jayin «Arsenal» klubida o‘z aksiyalariga ega bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov bo‘lishi mumkin. «Rossonerlar»ning amaldagi xo‘jayini Yonhong Li jamoani oyoqqa turg‘azish uchun «Elliott Menejment» fondidan kredit olgan va ularga ma’lum muddatda 303 million yevro to‘lab berishi kerak.

Usmonov fond rahbari Pol Singer bilan aloqalari yaxshi sanaladi, u «kanonirlar»ning ashaddiy muxlislaridan biri sanaladi. Agar xitoylik tadbirkor qarzlarini belgilangan muddatda (2018 yil oktyabrgacha) to‘lay olmasa, «Milan» «Elliott Menejment» hisobiga o‘tib ketishi mumkin. Shunday vaziyatda Usmonov Milan klubini sotib olishi mumkin bo‘ladi.

Calciomercato.com sayti xabarida qayd etilishicha, Usmonov futbolga katta investitsiya kiritish haqida jiddiy bosh qotirmoqda. Shuningdek uning uchun zaxira varianti sifatida «Sevilya» klubi ham tilga olinmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Alisher Usmonov endi mashhur «Milan» klubini sotib olmoqchi