21:26 / 25.03.2018
4 238

Isroil Madrimov: “Kolumbiyada hakamlar nohaqlik qildi” (video)

Исроил Мадримов: "Колумбияда ҳакамлар ноҳақлик қилди" (видео)
WSB yo‘nalishidagi musobaqalarda ishtirok etayotgan Uzbek Tigers jamoasi a’zosi, -75kg vazn toifasida ringga ko‘tariluvchi Isroil Madrimov Kolumbiyada bo‘lib o‘tgan janglarda hakamlarning nohaqlik qilganidan nolidi, deb yozadi Kun nashri.

«Allohga shukurlar bo‘lsinki, janglarni ham o‘tkazib oldik! Men anchadan buyon bunaqa yaxshi boks tushmagandim, ammo hakamlarni tushinish kiyin. Bunaqa holat boksda ko‘p uchrab turadi.

Biz 3-2 hisobi bilan yutib ketishimiz kerak edi, lekin... Mayli hammasi Allohdan, janglarni ko‘rishni tavsiya qilaman. Hammaga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman, raxmat!», deya yozdi Madrimov Instagram‘dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Colombia Heroicos jamoasiga qarshi mehmonda kechgan janglarda Uzbek Tigers jamoasi 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Jumladan Isroil Madrimovning jangida ham hakamlar raqib bokschisiga g‘alabani taqdim etishdi. Quyida mazkur jang videosini tomosha qilishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Isroil Madrimov: “Kolumbiyada hakamlar nohaqlik qildi” (video)