01:59 / 28.03.2018
3 651

O‘zbekiston terma jamoasi Marokashga imkoniyatni boy berdi

O‘zbekiston terma jamoasi Marokashga imkoniyatni boy berdi
Marokash va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘roqlik uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Kasablanka shahrida bo‘lib o‘tgan o‘yinda hamyurtlarimiz 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Uchrashuv debyuti mezbonlarga omadli keldi: 3-daqiqada Ayyub El-Kaabi jarima maydonchamiz ichida faollik ko‘rsatdi va jamoasining ilk golini urdi. Shundan so‘ng, o‘zbekistonlik o‘yinchilar faollikni oshirishga urinishdi, biroq bu o‘z samarasini bermadi.

Bo‘lim so‘nggida mezbonlar yana gol urishga muvaffaq bo‘lishdi, bu safar Manuel Dakosta o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘limda ham mezbonlar to‘pni nazorat qilishga urindilar, darvozalar oldida xavfli vaziyatlar ko‘p yuzaga kelmadi. Shunga yarasha hisob ham o‘zgarmay qoldi.

Shu tariqa, Temur Kapadze va Mirjalol Qosimov boshchiligidagi terma jamoa ikki o‘yinda bir durang va bitta mag‘lubiyat qayd etishdi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
Marokash – O‘zbekiston 2:0 (2:0, 0:0)

Gol:
1:0 – 3 El-Kaabi, 2:0 – 42 Dakosta.
Marokash: 12.Munir El Kajoui (22.Ahmad Tagnaouti, 46), 25.El Hajam Valid (27.Salohiddin Essaidi, 82), 4.Da Kosta Maruan, 6.Saiss Ganem (28.Nahiri Muhammad, 63), 2.Ashraf Hakimi, 21.Sofyan Amrabat, 11.Faysal Fajr, 18.Amin Xarit, 19.Yasin Bammou (7.Hakim Ziyesh, 72), 15.Ayub El Kaabi (23.Volid Azaru, 62), 26.Zakariya Labyad (9.Sofyan Bufal, 46).
Zaxira: 23.Oualid Azaru, 24.Badr Benun, 8.Karim El Ahmadi, 17.Nabil Dirar, 16.Nuriddin Amrabat, 10.Yunus Belxanda, 14.Muborak Busuffa, 5.Mehdi Benatia, 13.Xolid Butaib, 20.Aziz Buxadduz,

O‘zbekiston: 1.Eldorbek Suyunov, 14.Shuhrat Muhammadiyev, 6.Sherzod A’zamov, 3.Rustam Ashurmatov, 13.Oleg Zoteyev (4.Akrom Komilov, 74), 18.Fozil Musayev (16.Odiljon Hamrobekov, 45), 22.Javohir Sidiqov (23.Eldor Shomurodov, 83), 8.Ikrom Aliboyev (19.Otabek Shukurov, 68), 7.Sardor Rashidov (15.Jasur Yaxshiboyev, 56), 17.Jaloliddin Masharipov, 10.Marat Bikmayev (11.Temurxo‘ja Abduxoliqov, 56)
Zaxira: 12.Ignatiy Nesterov, 21.Botirali Ergashev, 2.Akmal Shorahmedov, 5.Anzur Ismoilov, 9.Odil Ahmedov, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev

Ogohlantirishlar: Ikrom Aliboyev 42, Rustam Ashurmatov 71.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston terma jamoasi Marokashga imkoniyatni boy berdi