00:46 / 15.06.2018
3 798

Stanislav Cherchesov: "Hech kim quruq gap bilan kimnidir ishontira olmaydi"

Станислав Черчесов: "Ҳеч ким қуруқ гап билан кимнидир ишонтира олмайди"
Bundan biroz avval Moskvadagi “Lujniki” stadionida Rossiya hamda Saudiya Arabistoni (5:0) terma jamoalari o‘rtasida JCh-2018ning ilk uchrashuvi yakuniga yetdi. O‘yindan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov o‘zining uchrashuv haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Biz kecha matbuot anjumanida ham aytgan edik, hech kim quruq gap bilan kimnidir ishontira olmaydi. Bugun esa biz ushbu mundialda munosib ishtirok etishni maqsad qilganimizni isbotladik. Yigitlarga rahmat. Ular bugun rejalashtirgan ishlarimizni to‘liq bajarishdi.

Dzagoyevga keladigan bo‘lsak, bizda B, S va hokozo rejalar ham bo‘ladi. Ikkinchi tomondan jarohat sabab futbolchi almashtirishni istamasdim”, - deydi Cherchesov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Stanislav Cherchesov: "Hech kim quruq gap bilan kimnidir ishontira olmaydi"