date
views 176

“Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi

“Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi
“Chelsi”ning sobiq himoyachisi Vilyam Gallas hozirgi tarkibda joriy mavsumni eng yomon o‘tkazayotgan futbolchilar nomini aytdi.

- O‘ylashimcha, Rahim Sterling ishonchli oqlay olmagan futbolchi bo‘ldi. Uning o‘yinini ko‘rib, “Liverpul” va “Manchester Siti”dagi darajasiga ko‘tarila olishiga ishongim kelmaydi.

Sterling “Chelsi”dagi ikkinchi mavsumida ham o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q. Faoliyatida juda ko‘p yutuqlarni qo‘lga kiritgan yigit “aristokratlar” uchun ham nimadir qilishi kerak. Lekin jamoaga biror foydasi tekkani yo‘q.

Hafsalani pir qilgan yana bir o‘yinchi Mixail Mudrik bo‘ldi. Bu o‘yinchida o‘ziga ishonch va futboldan zavqlanish yo‘qdek ko‘rinmoqda
, - dedi Vilyam Gallas.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi