
Kilian Mbappening ketishiga tayyorgarlik ko‘rayotgan PSJ tarkibni o‘zgartirishiga to‘g‘ri keladi.
Taniqli futbol agenti Jorje Mendesh parijliklarga o‘zining eng kuchli mijozlarini taklif qilmoqda.
Portugaliyalik mutaxassis birinchi navbatda “Milan” to‘purari Rafael Leauni PSJga olib o‘tmoqchi. Leau milanliklar bilan shartnomasini yangilaganiga qaramay, bu masalani 100 million yevroga hal qilsa bo‘ladi.
Parijliklarga tavsiya qilinayotgan yulduzlar orasida “Manchester Yunayted”dan Brunu Fernandesh, “Manchester Siti”dan Bernardu Silva hamda “Vulverxempton”dan Pedru Netu bor.
Ayni paytda PSJda o‘ynayotgan olti futbolchi – Barkolya, Asensio, Vitinya, Ramush, Ugarte va Zair-Emeri aynan Jorje Mendeshning mijozlari hisoblanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar