Yaponiyaning Tokio shahrida professional boks musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Markaziy jang birinchi yarim yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue hamda WBC kamari uchun majburiy da’vogar, sobiq jahon chempioni Luis Neri o‘rtasida kechdi.
Birinchi raundda Inoue kutilmaganda nokdaunga uchradi. Ikkinchi raundda esa yaponiyalik bokschi ustunlik qildi. 6-raundda esa Naoya Luisni nokautga uchratdi.
Bu Naoyaning dekabr oyida Marlon Tapalesni mag‘lub etib, mutlaq chempionga aylanganidan keyingi ilk himoya jangi bo‘ldi.
Inoue hisobida 26 ta g‘alaba (23 ta nokaut) mavjud.
Qayd etib o‘tish joiz, yaponiyalik bokschi sentyabr oyida o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyevga qarshi ringga ko‘tariladi. Murodjon WBA kamariga da’vogar sanaladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
NATO rahbariyati g‘arbdagi yirik kompaniyalarni urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi
AQSH Yaponiyaga HIMARS tizimlarini joylashtiradi
2050 yilda 1,2 milliardgacha odam yashash joyini tark etadi
Toshkentda 7,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan sex aniqlandi
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
Ro‘ziqul Berdiyev: "12 ta mag‘lubiyatsiz seriya qayd etgandik, hozir esa ketma-ket to‘rtta mag‘lubiyat"
Qur’onni yoqqani uchun qamalgan Nikita Juravelga yangi hukm o‘qildi