15:26 / 15.06.2018
3 526

Fazliddin G‘oibnazarov navbatdagi jangini qachon o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi

Fazliddin G‘oibnazarov navbatdagi jangini qachon o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi
Rio Olimpiadasi chempioni Fazliddin G‘oibnazarov professional ringdagi navbatdagi jangini 14 iyul kuni AQShda o‘tkazadi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, «Lakefront Arena» saroyi mezbonlik qiladigan jang oqshomida hamyurtimiz mezbon bokschi Kevin Jonsonga qarshi ringga ko‘tariladi.

Ma’lumot uchun, Fazliddin G‘oibnazarov shu kungacha professional boksda 4ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan (2tasi nokaut bilan). Jonson esa bungacha 5ta jangda ringga chiqqan va ularning barchasida raqiblarini mag‘lub etgan (4tasi nokaut).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fazliddin G‘oibnazarov navbatdagi jangini qachon o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi