AQSh vitse-prezidenti: Eron bilan erishilgan sulh hozircha mo‘rt kelishuv hisoblanadi

AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vens Eron bilan tuzilgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi hozircha "mo‘rt" ekanini tan oldi va Tehronning urushdagi g‘alaba da’volarini rad etdi. Bu haqda u Budapeshtda Viktor Orbanni qo‘llab-quvvatlash tadbirida so‘zlagan.
Vensning aytishicha, ayrim eronlik rasmiylar harbiy yutuqlar va kelishuvning haqiqiy mohiyati haqida noto‘g‘ri ma’lumot tarqatmoqda. "Prezident menga va butun muzokaralar guruhiga, jumladan Davlat kotibi va maxsus vakil Stiv Uitkoffga kelishuvga erishish uchun vijdonan ishlashni buyurdi. Agar eronliklar samimiy hamkorlik qilsa, kelishuvga erishamiz. Ammo ular aldashga yoki mo‘rt sulhga xalaqit berishga urinadigan bo‘lsa, natijadan mamnun bo‘lmaydilar", — dedi AQSh vise-prezidenti.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing