08:31 / 23.08.2018
3 844

XVIII yozgi Osiyo o'yinlarida qatnashayotgan O'zbekiston sportchilarining 23 avgust kungi musobaqalari

XVIII yozgi Osiyo o'yinlarida qatnashayotgan O'zbekiston sportchilarining 23 avgust kungi musobaqalari
Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida bo'lib o'tayotgan XVIII yozgi Osiyo o'yinlarining 23 avgust kunidan o'rin olgan musobaqalarida hamyurtlarimiz 11 sport turi bo'yicha bahs olib borishadi.

Musobaqa turlari, ularning Toshkent vaqti bilan boshlanish soatlari hamda unda ishtirok etuvchi sportchilar bilan tanishtiramiz.

Sport gimnastikasi. 14:30

O.Chusovitina. Erkin mashq. Final

Futbol. 14:00

O'zbekiston – Hongkong. 1/8 final

Golf. 04:00 – 12:00

K.Kubanaliyev, S.Chen, R.Ten, Ye.Li. Jamoaviy. 1-bosqich

Og'ir atletika. 12:00 – 14:00

Shahzod Xudobyyerganov. 77 kg. Saralashdan – finalgacha;
Muattar Nabiyeva. 58 kg. Saralashdan – finalgacha;

Penchak silat. 08:00 – 10:00, 12:00 – 15:00

Ayyub Abdullayev. -60 kg. Saralashdan – finalgacha;
Nurilla Saidov. -75 kg. Saralashdan – finalgacha;
Husan Baratov. -95 kg. Saralashdan – finalgacha;

Velosport shosse. 08:00 – 12:00

M.Xolmuratov. Yakkalik.
A.Izmaylov. Guruh poygalar

Slalomda eshkak eshish. 08:00

A.Temurgaliyev. Yakkalik S1. Yarimfinal, final.
R.Kirpichev. Yakkalik S1. Yarim final, final.

Akademik eshkak eshish. 07:00 – 10:00

J.Mavlonov. Yakkalik LM1 × 2000 m. Final.
Sh.Xolmirzayev. Yakkalik LM1 × 2000 m. Final.
S.To'lqinxo'jayev, A.Turdiyev. Juftlik M2 × 2000 m. Final
I.Mambetnazarov, Sh.Najmiyev, Sh.Hakimov, Z.Usmonov. To'rttalik LM4 × 2000 m. Final.

Taekvondo WTF

Hojiakbar Zokirov. -68 kg. Saralashdan finalgacha.
Madinabonu Mannopova. -49 kg. Saralashdan finalgacha.

Suzish

A.Kozlyuk. 50 m. Batterflyay. Saralashdan finalgacha. 07:00 – 10:00
X.Tursunov, A.Tarasenko. 100 m. Erkin suzish. Saralashdan finalgacha. 16:00 – 18:00

Tennis (08:00)

D.Istomin. Yakkalik. Chorakfinal
J.Karimov. Yakkalik. Yarimfinal

Eslatib o'tamiz, 22 avgust kuni bo'lib o'tgan musobaqalarda o'zbekistonlik sportchilar 4 ta medalni qo'lga kiritishdi.

Taekvondoda Nikita Rafalovich finalda ushbu sport turi vatani hisoblangan Janubiy Koreya vakili Xva Jun Li bilan to'qnash keldi va 21:18 hisobida g'alaba qozonib, oltin medal sohibiga aylandi.

Yunon-rum kurashida Mo'minjon Abdullayev oltin medal uchun bahsda qozog'istonlik Nurmakan Tinaliyevga qarshi gilamga chiqdi va 8:0 hisobida g'alaba qozonib, shohsupaning eng yuqorisiga chiqdi.

Yana bir finalchimiz Rustam Assakalov finalda eronlik Nuri Hussaynga qarshi jang o'tkazdi va 1:6 hisobida yutqazib qo'ydi va kumush medal bilan kifoyalandi

Og'ir atletika sport turida Doston Yoqubovda kumush medalni qo'lga kiritdi. U dast ko'tarishda 145, siltab ko'tarishda esa 186 kg toshni o'ziga bo'ysundirdi. Umumiy hisobda esa 331 kg natija qayd etdi va ikkinchi bo'ldi.

To'rtinchi kun musobaqalaridan so'ng O'zbekiston delegatsiyasi jami 14 medal (3+5+6) jamg'argan holda, umumiy reytingda 9-o'rinni egallab turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » XVIII yozgi Osiyo o'yinlarida qatnashayotgan O'zbekiston sportchilarining 23 avgust kungi musobaqalari