15:05 / 07.11.2018
1 968

"Monako"ning g‘alabasiz o‘yinlar seriyasi 15 ta uchrashuvga yetdi

"Monako"ning g‘alabasiz o‘yinlar seriyasi 15 ta uchrashuvga yetdi
6 noyabr kuni YeChLning 4-turi doirasida Monako klubi o‘z maydonida Bryuggeni qabul qilib, 0-4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Natijada, klubning g‘alabasiz o‘yinlar seriyasi bittaga ko‘paydi. Monako barcha musobaqalarni hisobga olganda 15 ta o‘yindan beri g‘alaba nimaligini bilmay kelmoqda.

Monegasklar omadsiz o‘yinlar sabab jamoada bosh murabbiyni ham almashtirishga ulgurdi. Leonardu Jardim o‘rniga Terri Anri olib kelindi. Biroq jamoa uning qo‘l ostida ham g‘alaba qozona olmayapti.

Monako so‘nggi bor Fransiya chempionatining 1-turida 11 avgust kuni Nant ustidan 3-1 hisobida g‘alaba qozongandi.

Bryuggedan qabul qilingan mag‘lubiyatdan so‘ng Monako YeChL pley-offiga chiqish uchun imkoniyatdan mahrum bo‘ldi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Monako"ning g‘alabasiz o‘yinlar seriyasi 15 ta uchrashuvga yetdi