«Real» rahbariyati oxirgi ikki haftadan buyon vaqtincha bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritib kelgan Santyago Solarini doimiy lavozimda qoldirish qaroriga kelgan. Bu haqda Reuters va Agence France-Presse axborot agentliklari xabar tarqatdi.
Ma’lum qilinishicha, madridliklar rahbariyati Ispaniya qirollik futbol federatsiyasiga ushbu tayinlov haqida bildirgi jo‘natgan.
«Hammasi joyida. «Real» shartnomani taqdim etdi, hech qanday muammo yo‘q», - deya tasdiqlagan AFP`ning federatsiyadagi manbasi.
Kelishuvning boshqa tafsilotlari hozircha oshkor qilinmayapti. Katta ehtimol bilan bitim mavsum yakuniga qadar muddatga imzolangan.
Ma’lumot uchun, «Real» Solari qo‘l ostidagi to‘rtta o‘yinning barchasida g‘alaba qozonib, umumiy 15:2 to‘plar nisbatini qayd etdi. U 1929 yildan keyin klub boshqaruviga kelgan barcha murabbiylardan yaxshiroq startni qayd eta oldi.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik murabbiy 29 oktyabrdan buyon «Real» asosiy jamoasini shug‘ullantirib kelmoqda. U bunga qadar klubning yoshlar jamoasi «Kastilya»ga ustozlik qilayotgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi