10:07 / 18.11.2018
4 857

Nurmagomedov MakGregor bilan boks qoidalari bo‘yicha jang qilishga rozi bo‘ldi

Nurmagomedov MakGregor bilan boks qoidalari bo‘yicha jang qilishga rozi bo‘ldi
Yengil vaznda UFC chempioni, rossiyalik Xabib Nurmagomedov sobiq raqibi irlandiyalik jangchi Konor MakGregor bilan boks qoidalari bo‘yicha jang o‘tkazishga tayyor.

Bu ma’lumotni Xabibning otasi va murabbiyi Abdulmanop Nurmagomedov ma’lum qilgan.

“Konorga qarshi boks qoidalari bo‘yicha jang o‘tkazishga kelsak, bunday jang bizga qiziq. Xabib aralash yakkakurashda eng mohir jangchilarni mag‘lub etishga qodirligini ko‘rsatgan. U bu haqda avval ham aytgan, biroq bunga uncha ishonishmagan. Biroq uning Maykl Jonson, Edson Barboza va Konor ustidan yorqin g‘alabalaridan keyin bunga ishonishmoqda”, deb aytgan Xabibning otasi.

6 oktyabrda Nurmagomedov UFC 229 musobaqasida MakGregor ustidan g‘alabaga erishib, chempionlik unvonini himoyalay olgandi. Shu g‘alabadan keyin Xabib Konor bilan boks qoidalari bo‘yicha jang o‘tkazgan amerikalik bokschi Floyd Meyvezerga jang qilishga chaqiriq tashlagan. Meyvezer chaqiriqni qabul qilgan, biroq o‘z shartlarini qo‘ygan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nurmagomedov MakGregor bilan boks qoidalari bo‘yicha jang qilishga rozi bo‘ldi