«Real» prezidenti Florentino Peres kecha Rojdestvo arafasida ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan bayram tushligi uyushtirdi va unda nutq so‘zladi.
Peres o‘z tabrigida klubning so‘nggi uch mavsumdan buyon ketma-ket ravishda YeChLda g‘olib chiqayotgani, oxirgi 5 yil ichida esa 4 marta bosh sovrinni qo‘lga kiritganiga alohida urg‘u bergan. U, shuningdek, jamoa a’zosi Luka Modrich «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritganiga to‘xtalib o‘tgan.
Qolaversa, 71 yoshli rahbar shu yil «Real» o‘z tarixida ilk marta ham futbol, ham basketbol bo‘yicha Yevropada tengsiz klub bo‘lganini qayd etib o‘tdi.
«Klubimiz Ispaniyada [futbol jamoalari ichida] birinchi bo‘lib mamlakat miqyosida bepul ko‘rish mumkin bo‘lgan va HD sifatga ega televizion kanal faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Realmadrid.com – futbol klublari orasida jahonda eng ko‘p tashrifchiga ega rasmiy sayt bo‘lib turibdi», - deb aytdi Peres.
Klub prezidentining qo‘shimcha qilishicha, «Real»ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatuvchilar soni 312 mln nafardan oshadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi